» » Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov MDH Ijroiya qo‘mitasi raisini qabul qildi


O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 26-avgust kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi Raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashdi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Sergey Lebedev Samarqand shahrida bo‘ladigan xalqaro tadbirlar — “Markaziy Osiyo uyg‘onish davrining dunyo tamadduni tarixidagi o‘rni” nomli konferensiyada hamda “Sharq taronalari” musiqa festevalida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Suhbat chog‘ida MDH kun tartibining dolzarb masalalari, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi (Sochi shahri), Hukumat rahbarlari kengashi (Toshkent shahri) va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikning borishi muhokama qilindi.

“Uchrashuvda O‘zbekiston va MDH hamkorligini yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha fikr almashildi”, — deyiladi vazirlik axborotida.

“Daryo” yangiliklarini Facebook’da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-08-2017, 22:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют