» » Xitoy hukumati yangi virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan aholining chiqishini taqiqlab qo‘ydi

Xitoy hukumati yangi virus o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan aholining chiqishini taqiqlab qo‘ydi


Xitoy hukumati yangi turdagi koronavirus tarqalgan Uxan shahriga boruvchi yo‘llarni yopib qo‘ydi, deb xabar beradi “Jenmin jibao”.

23-yanvardan Uxandagi aeroportlar va temir yo‘l stansiyalari yo‘lovchilarni tashimaydi. Hukumat avtomobillar haqida hech narsa demagan, biroq Uxan aholisi muhim zarurat bo‘lmasa shaharni tark etmaslik haqida ogohlantirilgan.

Bundan tashqari, Uxanda jamoat transportlari, xususan, avtobuslar, metro va paromlar harakati to‘xtatilgan. Shahar aholisiga niqob taqish va odamlar to‘plangan ko‘chalardan nariroq yurish tavsiya qilingan.

Hukumatning ta’kidlashicha, bu kabi cheklovlar yangi turdagi koronavirusning tarqalishini nazorat qilish uchun qo‘llanilmoqda. Transportlar harakati qachon yo‘lga qo‘yilishi noma’lum.

Mavzuga doir: AQShda Xitoyda tarqalgan yangi koronavirus bilan zararlangan birinchi holat qayd etildi

O‘zbekiston TIV avval ham Xitoyda tarqalgan virus tufayli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklar va u yerda bo‘lib turgan fuqarolarni ehtiyotkorlikka chaqirgan. O‘zbekiston SSV esa Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazoratni kuchaytirgandi.

Koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan. Xitoyda koronavirus haqidagi ma’lumotlarni yashirgan shaxslar umrbod sharmanda bo‘lishdan ogohlantirilgan, shuningdek, mamlakatda plastik paket va naychalardan foydalanish taqiqlangan. Avvaliga Xitoyning Uxan shahrida ommaviy turizm taqiqlandi, keyinroq Shimoliy Koreya koronavirus sababli mamlakatga turistlarning kirishiga taqiq qo‘ygan. Virus sabab Forbes’ning eng boy odamlar ro‘yxatida yetakchi almashdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют