» » O‘zbekiston TIV: Diplomatik vakolatxonalar Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olmayapti

O‘zbekiston TIV: Diplomatik vakolatxonalar Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib keta olmayapti


25-yanvar holatiga ko‘ra Xitoyda koronavirusli zotiljamga chalinganlar yoki virus yuqtirgan deb gumon qilinayotganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

“Karantin e’lon qilinishi munosabati bilan, tegishli hokimiyat organlari Xitoyda akkreditatsiya qilingan xorijiy mamlakatlarning barcha diplomatik vakolatxonalariga chet el fuqarolarini karantin e’lon qilingan shaharlardan evakuatsiya qilish bo‘yicha rad javobini bermoqda. Karantin kiritilganidan so‘ng boshqa davlatning elchixonalari o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, – deyiladi TIV bildirishida.

Ta’kidlanishicha, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Xitoydagi diplomatik vakolatxonalari vaziyatni nazoratga olgan hamda barcha masalalarni, jumladan zarurat tug‘ilganda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish masalalarini hal qilish uchun tegishli hokimiyat organlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

“Elchixona va Bosh konsulxona vakillari O‘zbekiston fuqarolari bilan doimiy muloqot o‘rnatgan, jumladan WeChat ijtimoiy tarmog‘ida ‘Uxan 2020 O‘zbekiston’ va ‘Uzbeks in Wuhan’ guruhlari ishlab turibdi», – deya qo‘shimcha qilingan rasmiy xabarda.

Ayni paytda vaziyatni monitoring qilish va virusning O‘zbekiston hududida tarqalishining oldini olish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish uchun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qoshida shtab tashkil etildi. Xavfli hududlardan keladigan barcha fuqarolar kuzatuvga olinadi.

Bundan oldin Uxanda 30dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilingan, tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov ular vatanga olib kelinishi mumkinligini aytgan edi.

Mavzuga doir: “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”

Xitoy hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda istalgan vaqtda mamlakatning Pekin shahridagi elchixonasiga (telefon: +86 135-1102-4242 — Bobur Yahyoyev, +86 139 1175-4476 — Shuhrat Umirov) hamda Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +86 131-2255-5772 — Aziz Ulug‘bekov) murojaat qilishlari mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 106) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют