» » Arab dengizida Tuvalu bayrog‘i ostidagi kema qaroqchilar tomonidan qo‘lga olindi

Arab dengizida Tuvalu bayrog‘i ostidagi kema qaroqchilar tomonidan qo‘lga olindi


Arab dengizining Adan ko‘rfazida Tuvalu bayrog‘i ostidagi quruq yuk tashiydigan kema Somali qaroqchilari tomonidan qo‘lga olinganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda Puntlend avtonom hududi dengiz politsiyasiga tayanib, Reuters agentligi xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.

Buyuk Britaniya dengiz savdo operatsiyalari tashkiloti (UKMTO) ham kema qo‘lga olinganligini tasdiqlagan. “Mazkur hudud orqali suzib o‘tayotgan kemalarga o‘ta ehtiyotkor bo‘lish tavsiya etiladi”, — deydi UKMTO vakillari.

5-aprel kuni Somali qaroqchilari Pokistonning oziq-ovqat yuklari ortilgan “Salama-1” kemasini qo‘lga olganligi ma’lum bo‘lgan edi.

Опубликовано: admin (9-04-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют