» » Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashdi

Janet Jekson farzandli bo‘lganidan uch oy o‘tib millioner eridan ajrashdi


Amerikalik mashhur xonanda Janet Jekson birinchi farzandi dunyoga kelganidan so‘ng uch oy o‘tib eridan ajrashdi. Bu haqda TMZ nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Xabar qilinishicha, qo‘shiqchi va uning eri — qatarlik millioner Vissam al-Mana ularning nikohi ko‘ngildagidek bo‘lmadi, degan xulosaga kelgan. Shuning uchun ular ajrashishga qaror qilgan.

50 yoshli Janet Jekson o‘g‘lini 3-yanvarda dunyoga keltirgan. Xonanda qatarlik tadbirkorga 2012-yilda turmushga chiqqan. Bolakay ularning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan. Avvalroq Janet ikki marta turmush qurgan. Birinchi nikoh bir yil davom etgan va 1985-yilda bekor qilingan. Ikkinchisi esa to‘qqiz yil davom etgan va 2000-yilda ajrim bilan o‘z nihoyasiga yetgan.

Janet Jekson 2009-yilda vafot etgan Maykl Jeksonning singlisi hisoblanadi. U 1986-yil fevral oyida chiqqan Control nomli uchinchi albomidan so‘ng mashhurlikka erishgan. Xonanda 1990-yillarda mashhurlik cho‘qqisini zabt etgan. Uning albomlari 140 million nusxada sotilgan, shuning uchun Janet Jekson zamonaviy musiqa tarixidagi eng mashhur ijrochilar qatoriga kiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 24) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют