» » Ekvadordagi saylovlar arafasida jurnalistlar va siyosatchilarga portlovchi moddali konvertlar kelmoqda

Ekvadordagi saylovlar arafasida jurnalistlar va siyosatchilarga portlovchi moddali konvertlar kelmoqda


Ekvadorlik teleboshlovchi Janet Inostrosa pochta orqali konvert qabul qildi, unda portlovchi qurilma bo‘lganligi taxmin etilmoqda, deb yozadi “TASS”.

Pochta orqali kelib tushgan, yuboruvchining ismi ko‘rsatilmagan konvertdan “Korrupsiya ortida kim turibdi? Rad etib bo‘lmaydigan dalillar” degan yozuvli DVD-disk qutisi chiqqan. Uning ichida esa detonator, simlar, batareyka va boshqa qismlar bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan sapyorlar, politsiyachilar va qutqaruvchilar “bunday holatlarda zarur bo‘lgan harakatlarni amalga oshirgan”. Konvert ichidagilarning dastlabki tahlili unda haqiqatan ham bomba bo‘lganligini ko‘rsatdi, ammo yakuniy xulosa qo‘shimcha tekshiruvlardan keyin e’lon qilinadi.

Shunga o‘xshash holat mamlakat parlamenti raisi Gabriela Rivadeneyra bilan ham yuz berdi.

19-fevral kuni Ekvadorda prezident va parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Oliy davlat lavozimiga sakkiz kishi da’vogarlik qilmoqda.

Опубликовано: admin (17-02-2017, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют