» » Yaponiya 28-yanvardan boshlab o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishi mumkin

Yaponiya 28-yanvardan boshlab o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilishi mumkin


Yaponiya Xitoydagi yangi koronavirusning o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahridan o‘z fuqarolarini 28-yanvar kuni charter reys bilan evakuatsiya qilishga tayyogarlik ko‘rmoqda. Bu haqda 27-yanvar kuni NHK telekanali xabar berdi.

Kuni kecha Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe Uxan shahridan yaponlarni zudlik bilan evakuatsiya qilish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini jurnalistlarga ma’lum qilgan edi.

Yaponiya tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi evakuatsiya rejasini xitoylik hamkasbi Van I bilan muhokama qilib, infeksiya tarqalishining oldini olishda Yaponiya yordamga tayyorligini bildirgan edi.

Qayd etishlaricha, dam olish kunlari davomida Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi Uxan shahrida bo‘lib turgani taxmin qilingan 710 nafar yaponiyalikning 430 nafari bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan.

Xitoy hukumati 2019-yilning 31-dekabr kuni Uxan shahrida kelib chiqishi noma’lum pnevmoniya epidemiyasi boshlangani haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga axborot bergan edi. Mutaxassislar kasallik qo‘zg‘atuvchisi nima ekanini aniqlagan — bu 2019-nCoV koronavirusi.

Yangi koronavirusni yuqtirish oqibatida Xitoyda vafot etganlar soni 27-yanvar kuni tongda 80 kishiga yetgan. Xitoy Sog‘liqni saqlash masalalari davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 2744 kishi kasallangan.

Avvalroq Fransiya hukumati Uxandagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgan edi; fransuzlar hafta o‘rtalarida shahardan olib chiqib ketilishi, Fransiyaga qaytgach, ikki hafta davomida nazoratda saqlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Uxan shahrida 30 nafardan 60 nafargacha o‘zbekistonlik bo‘lishi mumkin, ularning aksariyati talabalardir. Avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi karantin e’lon qilingan Uxan shahridan chet el fuqarolarini evakuatsiya qilish bo‘yicha murojaatlarga Xitoy rasmiylari rad javobini berayotganini bildirgan edi.

“Karantin kiritilganidan so‘ng boshqa davlatning elchixonalari o‘z fuqarolarini Uxandan evakuatsiya qilgani to‘g‘risidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — deyilgandi TIV axborotida. O‘z navbatida, O‘zbekiston yoshlar umumjahon assotsiatsiyasi Xitoydagi o‘zbekistonlik talabalardan koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan noto‘g‘ri ma’lumot tarqatib, vaziyatni keskinlashtirmaslikni so‘ragan edi.

Mavzuga doir: “Virusning o‘zi Xitoyda, lekin barcha vahimasi O‘zbekistonda bo‘lyapti”

Bungacha esa O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Uxandagi o‘zbekistonlik talabalar “albatta olib kelinishi”, bu borada Xitoy rasmiylari bilan ish olib borilayotganini ma’lum qilgan edi. 26-yanvar kuni esa Xitoyda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklarning birinchi guruhi qaytarilgani ma’lum bo‘ldi — ular Toshkent aeroportining o‘zida jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют