» » Xitoy hukumati epidemiya sabab Yangi yil ta’tillarini uzaytiradi

Xitoy hukumati epidemiya sabab Yangi yil ta’tillarini uzaytiradi


Xitoyda koronavirus sabab bir haftalik Yangi yil ta’tillari uzaytirilishi mumkin. Bu haqda Xitoy davlat kengashi bosh vaziri Li Kesyan tomonidan tuzilgan ishchi guruhga tayanib, “Kommersant” xabar berdi

Ishchi guruhning ma’lum qilishicha, bayramdan so‘ng o‘quvchilarning maktabga qaytish sanasini uzaytirish, masofadan turib ishlash imkoniyatlarini kengaytirish va ish joylarida odamlarning kamroq bo‘lishini ta’minlash yo‘lida boshqa chora-tadbirlar ko‘rilmoqda. Xitoyda Yangi yilni nishonlash bayramlari 24-yanvar kuni boshlangan.

Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi, bu va yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni “murakkab” deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus qurbonlari soni 80 kishiga yetgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют