» » AQShda koronavirus bilan kasallangan beshta holat aniqlandi

AQShda koronavirus bilan kasallangan beshta holat aniqlandi


AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC) mamlakatda yangi koronavirus bilan kasallangan beshta holatni aniqladi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Avvalroq koronavirus sabab Xitoyda halok bo‘lganlar soni 80 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi.

“26-yanvar holatiga ko‘ra, to‘rtta shtatda (Arizona, Kaliforniya, Illinoys, Vashington) Uxan shahridan kelgan sayyohlarning beshtasida virus aniqlangan”, — deyiladi CDC xabarida.

Bundan tashqari, Fransiya bosh vaziri Eduard Filipp Uxandan mamlakatga qaytishni istagan barcha fransiyaliklarni evakuatsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qilgan. Fransiya sog‘liqni saqlash vaziri Anyes Buzenga ko‘ra, joriy haftaning o‘rtalaridan boshlab evakuatsiya qilish boshlanadi. Mamlakatga qaytarilgan Fransiya fuqarolari ikki hafta davomida karantinda bo‘ladi. Fransiyadagi turoperatorlar ittifoqi Xitoyga sayohatlarni 21-fevralga qadar to‘xtatgan.

Xitoyda yangi turdagi koronavirus keltirib chiqargan pnevmoniya avj olgani sababli Qozog‘istonda sanitar nazorati choralari kuchaytirildi. Olmaota aeroportida Xitoydan uchib kelgan samolyotdagi “bemor”ni kutib olish bo‘yicha sahnalashtirilgan mashg‘ulot o‘tkazildi.

Xitoyning Uxan shahri koronavirus o‘chog‘i hisoblanadi, bu va yana bir necha shahar karantinga yopilgan. Avvalroq Xitoy rahbari Si Szinpin koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni “murakkab” deb atab, kasallikning tarqalish sur’ati oshganini tan olgan edi.

Mavzuga doir: 

O‘zbekistonda hozircha koronavirus bilan kasallanish holatlari rasman qayd etilgani yo‘q. Mamlakat aeroportlarida kasallikka qarshi xavfsizlik choralari ko‘rilgan, xususan, kuni kecha Xitoydan qaytarib olib kelingan o‘zbekistonlik talabalar aeroportning o‘zidayoq jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют