» » Xitoyning Xubey viloyati hukumati 2-fevral kuni nikohlar ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini ma’lum qildi

Xitoyning Xubey viloyati hukumati 2-fevral kuni nikohlar ro‘yxatdan o‘tkazilmasligini ma’lum qildi


Koronavirus tarqalgan Xubey viloyatining Fuqarolik ma’muriyati boshqarmasi 2-fevralga rejalashtirilgan nikohlarni bekor qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Xitoydagi ko‘plab sevishganlar o‘z to‘yini 02.02.2020 sanasida ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirgan edi. Chunki ming yilda bir marotaba keladigan ushbu raqamlar ketma-ketligi Xitoy tilida “men seni sevaman, seni sevaman” jumlasiga ohangdosh.

Avvaliga 2-fevral sanasi dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan viloyat rahbariyati nikohni qayd etish uchun arizalarni qabul qila boshlangandi.

“Yangi turdagi koronavirusning oldini olish va tarqatmaslik bo‘yicha shtab talablariga binoan, viloyat hududida 2-fevralga rejalashtirilgan nikohlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, — deyiladi xabarda.

Shunga qaramay, epidemiya o‘chog‘i hisoblangan Uxan shahri Fuqarolik holatini ro‘yxatga olish boshqarmasi nikohlarni davlat xizmatlari sayti orqali ro‘yxatdan o‘tkazish mumkinligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Xitoydagi koronavirus epidemiyasi sabab Uxan shahriga kirish va undan chiqish hozircha taqiqlangan, shahar karantin ostida.

Mavzuga doir: Fransiya koronavirus o‘chog‘i hisoblangan Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketishga qaror qildi

O‘zbekistonda hozircha koronavirus bilan kasallanish holatlari rasman qayd etilgani yo‘q. Mamlakat aeroportlarida kasallikka qarshi xavfsizlik choralari ko‘rilgan, xususan, kuni kecha Xitoydan qaytarib olib kelingan o‘zbekistonlik talabalar aeroportning o‘zidayoq jiddiy tekshiruvdan o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2020, 12:02)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют