» » Angliya Kubogining 1/8 finaliga qur’a tashlandi. “Chelsi” “Liverpul”ga qarshi o‘ynashi mumkin

Angliya Kubogining 1/8 finaliga qur’a tashlandi. “Chelsi” “Liverpul”ga qarshi o‘ynashi mumkin


Futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi.

Mazkur bosqichning o‘zida kuchli jamoalar bir-biriga to‘qnash kelishi mumkin. Agar “Liverpul” javob bahsida “Shrusberi Taun”ni mag‘lub etishni uddasidan chiqsa, chorak final yo‘llanmasi uchun “Chelsi”ga qarshi bahs olib boradi.

Angliya Kubogining 1/8 final bahslari 2—5-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Angliya Kubogi

1/8 final bahslari

“Sheffild Uensdey” — “Manchester Siti”

“Reding” / “Kardiff” — “Sheffild Yunayted”

“Chelsi” — “Shrusberi Taun” / “Liverpul”

“Vest Bromvich” — “Nyukasl” / “Oksford Yunayted”

“Lester” — “Koventri Siti” / “Birmingem”

“Northempton” / “Derbi Kaunti” — “Manchester Yunayted”

“Sauthempton” / “Tottenhem” — “Norvich”

“Portsmut” — “Arsenal”

Musobaqaning eng sovrindor jamoasi “Arsenal” hisoblanadi. “Kanonirlar” shu vaqtga qadar 13 marta Angliya Kubogini qo‘lga kiritgan. Londonliklardan keyin “Manchester Yunayted” (12), “Tottenhem” va “Chelsi” (8 tadan) jamoalari bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют