» » Jamshid Qo‘chqorov inflyatsiyani “birinchi raqamli muammo” deb atadi

Jamshid Qo‘chqorov inflyatsiyani “birinchi raqamli muammo” deb atadi


O‘zbekistonning asosiy muammosi — bu yuqori inflyatsiyadir. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari — moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Xalqaro press-klub sessiyasida ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

“Rostini aytadigan bo‘lsak, inflyatsiya — bu birinchi raqamli muammo. Men iqtisodchi sifatida uning sabablarini asoslash uchun bir necha dalillarni keltira olaman, biroq men bir narsani aytgan bo‘lardim: so‘nggi ikki yil ichida yuqori inflyatsiyaning sabablari, bu 100 foiz bo‘lishi kerak bo‘lgan sabablar. Bu don va paxta, yoqilg‘i-moylash materiallari narxining oshishi, ‘investitsion tashnalik’ tufayli katta kreditlar ajratilishi, ijtimoiy sohadagi ko‘plab muammolar tufayli budjetdan katta miqdorda mablag‘ sarflashdir”, — deydi moliya vaziri.

Moliya vazirligi rahbari hukumat ijtimoiy sohada to‘plangan muammolarni hal qilish uchun yuqori inflyatsiyaga “dosh berishga” qaror qilganini aytib o‘tdi.

“Agar tarozining bir pallasiga 15 foizlik inflyatsiya, ikkinchisiga yuqoridagi muammolar yechimini qo‘yadigan bo‘lsak, biz mana shu 15 foizlik inflyatsiyaga dosh berishga qaror qildik. Yana bir marta aytaman, bu birinchi raqamli muammo, biz uni bartaraf etish yo‘lida ishlashda davom etamiz. Oldindan aytaman, inflyatsiya 2020-yilda keskin 10,9, 8 yoki 7 foizga tushib ketmaydi. Buning  iloi yo‘q. Buni ochiq tan olish kerak”, — deydi vazir.

Jamshid Qo‘chqorov, shuningdek, davlat don buyurtmasini bekor qilish rejalari va “davlat buyurtmasi” belgilari haqida gapirdi.

“Davlat buyurtmasi farmonlar bilan belgilangan to‘rtta asosiy xususiyatga ega: ajratilgan yer uchastkasining hajmini aniqlash, narxlarni aniqlash, hajmlarni aniqlash, mahsulotni sotib oluvchining ta’rifi. Agar narxlar ta’rifi bekor qilinsa, men bug‘doy yetishtiradigan dehqon bo‘lsam, donni fond birjasiga joylashtiraman, narx 2 million so‘m bo‘ladi. Narxlarga ta’sir qiladimi? Bu ta’sir qiladi”, — deydi bosh vazir o‘rinbosari.

Jamshid Qo‘chqorovniing ta’kidlashicha, davlat xarajatlari ustidan qattiq nazorat o‘rnatilishi hamda o‘rnatilgan fiskal kamomadni saqlab qolish, iqtisodiyotning yetarli darajada o‘sishi uchun kreditlarning o‘sishini ta’minlash inflyatsiya va valyuta kursiga bo‘ladigan bosimning oldini oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют