» » Moliya vaziri: “Inflyatsiya darajasi bu yil ham, kelasi yil ham yuqori bo‘ladi”

Moliya vaziri: “Inflyatsiya darajasi bu yil ham, kelasi yil ham yuqori bo‘ladi”


O‘zbekistonda joriy yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi taxminan 14 foiz, 2018-yilda — 12—13 foiz bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining 20-dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan 13-yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Uning ta’kidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mansabdor shaxslarga real statistik ko‘rsatkichlarni ma’lum qilishni va kutilayotgan inflyatsiya darajasi haqida ochiq gapirishni topshirgan.

“Ochiq gapiradigan bo‘lsak, ushbu minbarlarda turib ba’zi raqamlarni ma’lum qilganimizda, ko‘pchilik odamlar ichida kulib qo‘ygan holatlar ham bo‘lgan. Shu tufayli inflyatsiya masalasi bo‘yicha hurmatli senatorlar, hokimlarga yuzlanmoqchimiz: yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya darajasi rostdan ham yuqori bo‘lishi kutilmoqda, kelasi yil ham baland daraja prognoz qilinmoqda”, — dedi u.

U o‘tgan yillarda bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha jiddiy farqlar kuzatilganini aytdi. “Masalan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bizning inflyatsiyani hisoblash uslubimizni jiddiy tanqid qildi. Sentabrda Prezidentning statistika tizimini takomillashtirish va XVJning ma’lumotlatni tarqatish umumiy tizimiga qo‘shilish haqidagi qarori chiqqach, statistika sohasida katta o‘zgarishlar kuzatildi. Natijada endi hech bir moliyaviy institut O‘zbekiston noto‘g‘ri hisob-kitoblarni amalga oshirayotganini xayoliga ham keltirmayapti”, — dedi Bosh vazir o‘rinbosari.

Jamshid Qo‘chqorov statistik axborotning ochiqligi va xalqaro standartlarga o‘tish xalqaro tashkilotlar talablarini bajarish uchun emas, balki birinchi navbatda O‘zbekiston xalqiga haqiqiy axborotni “boricha” berish maqsadida ta’minlanayotganini ta’kidladi. Bundan tashqari, bu mutaxassislarga iqtisodiyotdagi real vaziyatni ko‘rish imkonini beradi.

Опубликовано: admin (21-12-2017, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 99) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют