» » Abdulla Aripov 28-yanvarda koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda XPKning 29-yanvardagi sessiyasida ma’lum bo‘ldi

Abdulla Aripov 28-yanvarda koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. Bu haqda XPKning 29-yanvardagi sessiyasida ma’lum bo‘ldi


Xalqaro press klubning bugun, 29-yanvar kuni o‘tkazilgan sessiyasida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbar xodimlari Xitoyda tarqalgan koronavirus infeksiyasi va uning O‘zbekistonga ta’siri haqida ma’lumot berdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Musulmonbek Ibrohimov xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berdi.

Viruslar dumaloq ko‘rinishda bo‘ladi. Koronavirusini mikroskopda ko‘rganda, uning atrofida tojga o‘xshagan o‘smalar bor. Shuning uchun u “korona” nomini olgan.

Ushbu virus Xitoy davlatidan tarqalmoqda. Dengiz hayvonlari va boshqa hayvon turlaridan yuqqan bo‘lishi kabi sabablari ko‘rib chiqilyapti. Lekin Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining aynan nimadan yuqqani bo‘yicha aniq ma’lumot berilmagan. Ijtimoiy tarmoqlarda ilon, ko‘rshapalakdan yuqqan degan xabarlar ilmiy tasdig‘ini topmagan. Chunki bu bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Nimadan yuqqani bo‘yicha hali aniq bir qarorga kelinmagan.

Jahon sog‘liqni saqlash ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda 4593 ta holatda koronavirus tashxisi qo‘yilgan. Shu bilan birga 7 mingta holatda virus yuqqan bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Ushbu virusdan 130 ta holat o‘lim bilan yakuniga yetgan.

Bitta narsani bishimiz kerak, koronavirus degani havo tomchi bilan yuqadigan infeksiya. Yoki yo‘talganda, aksirganda odamdan-odamga o‘tishi mumkin bo‘lgan infeksiya. Gripp bilan taqqoslaganda grippga o‘xshagan infeksiya. Grippda ham 2—4 foiz o‘lim holatlari kuzatiladi. Koronavirusiga chalinganlarni o‘lim holati ham 2—4 foizni tashkil qilmoqda. Aholimiz ham shuni tushunib olishlari kerakki, bu kasallik bilan kurashishimiz mumkin.

Shuningdek, gigiyena qoidalarini bilish va unga rioya qilish lozim. Ya’ni agar shamollagan bo‘lsa niqob taqib, o‘sha odamni alohida parvarishga o‘tkazish kerak. Unday bemorlarga simtomatik tavsiyalar berilib, tegishli dorilar bilan davolanadi. Bu davolanadigan kasallik.

Bugungacha O‘zbekistonda bitta ham holat bo‘lmagan. Lekin bu degani bizga kirib kelmaydi, degani emas. Shuning uchun kecha bosh vazir tomonidan komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, chegara qo‘shinlari ushbu kasallikning oldini olishga qaratilgan topshiriqlar berildi. Birinchi navbatda chegaralardagi karantin-nazorati punktlarini har birini nazoratga oldik, infeksiyaga qarshi xodimlarimiz u yerda faoliyat olib bormoqda. Punktlar teplovizor uskunasi bilan ishlanmoqda, ushbu uskuna orqali chegaradan o‘tayotgan shaxslarning tana harorati ko‘tarilganini yoki ko‘tarilmaganligini aniqlash mumkin. Shunga qarab birinchi chora tadbirlarini amalga oshiramiz. Shu bilan birga har bitta tibbiyot muassasalarida zaxira o‘rinlari va dori-darmonlar hozirlab qo‘yilgan.

O‘ylaymanki, birinchi navbatda hamma o‘z-o‘zini himoya qilishi kerak. Shu jumladan tibbiyot xodimlari tegishli choralarni ko‘rib boradi.

Bahodir Yusupaliyev, Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari 

Avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi. Hozirda Xitoyda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6 mingdan oshib ketdi. Buning ortidan Xitoy—O‘zbekiston aviareysiga bo‘lgan talab besh baravarga ortdi.

Gonkongda koronavirusga qarshi vaksina yaratilgani ma’lum qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют