» » Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar koronavirus sababli Xitoyga parvozlarni bekor qilmoqda

Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar koronavirus sababli Xitoyga parvozlarni bekor qilmoqda


Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar yangi koronavirusning tarqalgani sababli Xitoyga uchadigan reyslarni bekor qilmoqda. Ba’zi aviakompaniyalar hukumatlar talablari va cheklovlari bilan bu ishni amalga oshirayotgan bo‘lsa, ba’zilari esa kompaniyalar rahbariyati tomonidan Xitoyga parvoz qilishga qo‘yilgan taqiqlar sababli mazkur yo‘nalishdagi reyslarni bekor qilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Xususan, dunyodagi eng katta aviakompaniyalardan biri bo‘lgan United Airlines 1—8-fevral oralig‘ida AQShdan Pekin, Gonkong va Shanxayga uchadigan 24 ta reysni bekor qildi. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi maslahati bilan British Airways aviakompaniyasi ham ushbu mamlakatga parvozlarni to‘xtatdi.

Gruziya ham 29-martga qadar Xitoy bilan havo aloqasini to‘xtatdi. Janubiy Koreyaning Air Seoul loukoster aviakompaniyasi xuddi shu yo‘lni tutdi. Tayvanning China Airlines aviakompaniyasi 10-fevralga qadar bir nechta reyslarni bekor qildi. Air Canada aviakompaniyasi bir haftada amalga oshiriladigan 33 ta reysning bekor qilinishini ma’lum qildi, Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi ushbu reyslarga talabning sezilarli darajada pasayganligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, American Airlines mijozlarga Pekin, Shanxay va Gonkongga parvozlar uchun olingan chiptalarni bepul o‘zgartirishga ruxsat berdi. Shuningdek, Singapurning Scoot loukosteri va Malayziyaning AirAsia kompaniyasining Xitoyga aviaqatnovlari to‘xtatildi.

Xitoyliklar orasida Yevropa Ittifoqi va Yaponiyaga uchish uchun talab ko‘p bo‘ladigan Rossiyaning Ural Airlines aviakompaniyasi mazkur reyslarni bekor qildi.

29-yanvar holatiga ko‘ra, yangi koronavirusni 6 mingdan ortiq odam yuqtirgan. Kasallikdan vafot etganlar soni 132 kishidan oshdi. XXR Milliy sog‘liqni saqlash komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, qariyb 60 ming kishi nazorat ostida turibdi. BAAda ilk koronavirus bilan kasallanish holati qayd etildi

Mavzuga doir: Gonkongda koronavirusga qarshi vaksina yaratilgani ma’lum qilindi

Qozog‘iston xitoyliklarga viza berishni to‘xtatdi. 3-fevraldan Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatiladi.

Avvalroq AQSh kasallik o‘chog‘i bo‘lgan Xitoyning Uxan shahridan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilgan edi. Yaponiya ham evakuatsiyani amalga oshirdi va Uxandan o‘z fuqarolarini olib chiqib ketish uchun yana 2 ta samolyot jo‘natishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Avstraliya ham Uxandagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 28-yanvar, seshanba kuni koronavirus bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgan. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishni tavsiya qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2020, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют