» » APL. “Liverpul” mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (video)

APL. “Liverpul” mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining qoldirilgan 18-turi doirasida 29-yanvar, chorshanba kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” safarda “Vest Hem”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 35-daqiqasida “qizillar” hujumchisi Muhammad Saloh mezbonlar darvozasiga penaltidan gol urgan bo‘lsa, 52-daqiqaga kelib Aleks Oksleyd-Chemberlen hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa “Liverpul” mehmonda kechgan bahsda “Vest Hem”ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Mersisayd klubi ochkolari sonini 70 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida yaqqol yetakchilik qilmoqda. “Vest Hem” 23 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

APL

Qoldirilgan 18-tur bahsi

29-yanvar, chorshanba

Gollar: 0:1 — 35, penalti Saloh, 0:2 — 52 Oksleyd-Chemberlen

“Vest Hem”: Fabianski, Kressuell, Ogbonna, Masuaku, Diop, Rays, Nobl, Snodgrass, Lansini (Fornals, 69), Aller, Ngakia

“Liverpul”: Alisson, Robertson, Gomes, Aleksander-Arnold (Keyta, 77), van Deyk, Henderson, Oksleyd-Chemberlen (Jons, 85), Veynaldum, Saloh, Origi (Fabinyo, 69), Firmino

Ogohlantirishlar: Diop (34), Nobl (43)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 02:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют