» » Qozog‘istonning Samara—Chimkent yo‘lida ichida xorijliklar bo‘lgan 8 ta avtobus qor ichidan olib chiqildi (video)

Qozog‘istonning Samara—Chimkent yo‘lida ichida xorijliklar bo‘lgan 8 ta avtobus qor ichidan olib chiqildi (video)


Ichida xorijlik yo‘lovchilar bo‘lgan sakkizta avtobus Samara—Chimkent trassasida qor ichidan qutqarib olindi. Bu haqda Tengrinews xabar bermoqda.

Voqea 27-yanvar, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan Samara—Chimkent yo‘lida Aqto‘be viloyati politsiyachilari jami 368 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan 8 ta avtobusni qor ichidan olib chiqishga ko‘maklashgan. Odamlar orasida 12 nafar ayol va 7 nafar bola ham bo‘lgan. Barcha yo‘lovchilar isinish punktlari yetkazilgan.

27-yanvarda kuchli qor bo‘roni va yer muzlashi oqibatida Aqto‘be viloyatida respublika hamda viloyat miqyosida yuk tashish va yo‘lovchi tashish transporti harakati cheklandi. Politsiyachilar va qutqaruvchilar qor ostida tiqilinchda qolib ketgan haydovchilar va ularning yo‘lovchilariga yordam ko‘rsatmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 06:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 49) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют