» » O‘zbekistonda chorva mollari va parrandalar soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratiladi

O‘zbekistonda chorva mollari va parrandalar soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratiladi


O‘zbekistonda chorva mollari va parranda bosh soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratiladi. Bu Prezidentning “Chorvachilik tarmog‘ini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari:

Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari tomonidan chorvachilik, shu jumladan, parrandachilik xo‘jaliklariga ozuqabop ekinlar ekish uchun chorva mollari va parranda bosh soniga mutanosib ravishda ekin yerlari ajratilishini doimiy ravishda nazorat qilib boradi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

Hujjat bilan Transport vazirligi va Uzbekistan Airways’ning 2022-yil 1-yanvarga qadar “Parrandasanoat” uyushmasi tarkibidagi parrandachilik korxonalariga o‘zi ishlab chiqargan tuxum va go‘sht mahsulotlarini eksport qilishda nasldor inkubatsion tuxum va nasldor bir kunlik jo‘jalarni, vaksina, veterinariya dori vositalarini import qilishda, istisno tariqasida, amaldagi havo transportida tashish tariflariga nisbatan 20 foizlik chegirma berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullangan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda ozuqa ekin maydonlaridan kelib chiqqan holda 2020—2022-yillar uchun ozuqabop ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda chorvachilikni yanada rivojlantirish uchun kompensatsiya va subsidiyalar taqdim etiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют