» » Butun dunyoda odamlar koronavirusdan qanday himoyalanmoqda? (fotogalereya)

Butun dunyoda odamlar koronavirusdan qanday himoyalanmoqda? (fotogalereya)


Xitoyning Uxan shahrida tarqalishni boshlagan koronavirusdan hozirgacha 170 kishi vafot etdi. Virusni yuqtirib olganlar esa 7711 kishiga yetdi. Virusni hatto Xitoyga bormaganlar ham yuqtirib olgan holatlar qayd etildi. Koronavirusdan himoyalanish uchun butun dunyoda amalga oshirilayotgan ishlar haqida Reuters fotogalereya e’lon qildi.

Bangkokdagi aeroportda Thai Airways ekipaji a’zolari samolyot kabinasini dezinfeksiya qilmoqda.

Mavzuga doir: Butun dunyo bo‘ylab aviakompaniyalar koronavirus sababli Xitoyga parvozlarni bekor qilmoqda

Kanadaning Toronto shahridagi aeroportga qo‘ngan samolyot ekipaji a’zolari himoya niqoblarini taqib oldi. Kanadada ham koronavirus bilan bir necha kishi kasallangani ma’lum bo‘ldi.

BAAda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganidan so‘ng Dubay aeroportiga kelib qo‘ngan sayohatchi himoya niqobini taqib olmoqda.

Kuala-Lumpurdagi savdo markazi yaqinida niqob taqib o‘ynayotgan qizaloq.

Kuala-Lumpurdagi dorixonada barcha turdagi himoya niqoblari sotib bo‘lingani haqida e’lon osib qo‘yilgan.

Mavzuga doir: Pekin ma’muriyati tibbiyot niqoblari narxini oshirgan dorixonachilarni jarimaga tortmoqda

Shanxaydagi dorixonadagi yozuv: “Bugun yuzga taqiluvchi barcha niqoblar sotib bo‘lindi. Ertaga soat 8:30 dan boshlab bitta xaridda 10 tagacha sotib olish mumkin”.

Melburnda niqob taqqan qiz mushukni ushlab turibdi. Hozirda Avstraliyada ham koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan.

Nepalda koronavirus bilan kasallanishning ilk holati qayd etilganidan so‘ng maktab o‘quvchilari himoya niqoblarini taqishni boshladi.

Xitoyning Xunan provinsiyasida niqob taqib olgan taksi haydovchisi.

Seulda sayohatchilar koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib olgan.

Toronto shahridagi Chaynataunda niqob taqqan ofitsiant mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda. Kanadada koronavirus bilan kasallanishning uchta holati qayd etilgan.

Ar-Riyod aeroportida Xitoydan kelib qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash xodimlari tomonidan tekshirilmoqda.

Xitoyning Xunan provinsiyasidagi yerosti avtoturargohini ishchilar dezinfeksiya qilmoqda.

Shanxaydan kelib qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari Los-Anjeles aeroportini tark etmoqda.

Janubiy Koreyaning Inchxon aeroportiga Xitoydan uchib kelgan samolyot yo‘lovchisi tekshirilmoqda.

Gonkongda xaridor supermarketning bo‘shab qolgan peshtaxtalari oldidan o‘tmoqda.

Bangkokda niqobda yurgan odamlar.

Inchxon aeroportiga Xitoydan uchib kelgan yo‘lovchilar tekshiruvdan o‘tishni kutmoqda.

Iordaniya poytaxti Ammandagi koronavirus bilan zararlanganlarni qabul qilishga mo‘ljallangan shifoxonaning maxsus bo‘limidagi xavfsizlik xodimi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют