» » “Manchester Siti” ketma-ket uchinchi yil Angliya Liga Kubogi finaliga chiqdi. Rekord “Liverpul”ga tegishli

“Manchester Siti” ketma-ket uchinchi yil Angliya Liga Kubogi finaliga chiqdi. Rekord “Liverpul”ga tegishli


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogi yarim finali javob bellashuvida “Manchester Siti” hamshahari “Manchester Yunayted”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Shunday bo‘lsa-da, Pep Gvardiola shogirdlari ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, 3:2 hisobidagi g‘alabani tantana qilgan holda final yo‘llanmasiga ega chiqdi. “Siti” ketma-ket uchinchi yil Liga Kubogi finalida o‘ynaydigan bo‘ldi. Bunday natijani avvalroq “Nottinhem Forest” (1978—1984-yillar) qayd etgan.

Rekord esa “Liverpul”ga tegishli. Mersisayd klubi ketma-ket to‘rt marta (1981—1984-yillar) finalda ishtirok etgan. G‘alablar soni bo‘yicha “Liverpul” oldinda — 8 ta sovrin.

2020-yilgi kubok finalida “Manchester Siti” “Uembli” stadionida “Aston Villa” bilan bahs olib boradi. Bellashuv 1-mart sanasiga belgilangan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 15:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют