» » “Manchester Siti” Angliya futboli tarixida qayd etilmagan natijaga erishdi

“Manchester Siti” Angliya futboli tarixida qayd etilmagan natijaga erishdi


“Manchester Siti” 4-avgust, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Angliya Superkubogi uchrashuvida “Liverpul”ni mag‘lub etdi va sovringa ega chiqdi (1:1, 5:4 — penaltilar seriyasi).

Shu bilan birga, “shaharliklar” bir yilda 4 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Angliya futboli tarixidagi ilk jamoaga aylandi.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola shogirdlari 2019-yil mamlakat Kubogi finalida “Uotford” darvozasiga javobsiz 6 ta gol urgandi (6:0). Klub Angliya Liga Kubogi finalida “Chelsi”dan ustun kelgandi (0:0, 4:3 — penaltilar seriyasi). Bundan tashqari “mankunianlar” “Liverpul”ni Premyer Liga jadvalida bir ochkoga ortda qoldirib, musobaqa chempioniga aylandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-08-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют