» » Angliya Liga Kubogi. Manchester derbisida “Yunayted” g‘alaba qozondi, biroq finalga “Siti” chiqdi (video)

Angliya Liga Kubogi. Manchester derbisida “Yunayted” g‘alaba qozondi, biroq finalga “Siti” chiqdi (video)


Futbol bo‘yicha Angliya Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob o‘yinida doirasida 29-yanvar, chorshanba kuni Manchesterning ikki klubi — “Siti” hamda “Yunayted” o‘zaro kurash olib bordi.

Uchrashuvdagi yagona gol 35-daqiqada urildi. Unga “qizil iblislar” yarim himoyachisi Nemanya Matich mualliflik qildi. O‘yinning 76-daqiqasida esa Matich hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va “Yunayted” bahs yakuniga qadar maydonda bir kishi kam bo‘lib harakat qildi.

Shu tariqa “qizillar” mehmonda “Siti” ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0), biroq “shaharliklar” dastlabki uchrashuvda “Yunayted”ni 3:1 hisobiga mag‘lub etganligi sababli Gvardiola jamoasi musobaqaning finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, “Siti”ga finalda “Aston Villa” jamoasi to‘qnash keladi. Mazkur bahs 1-mart kuni “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Angliya Liga Kubogi

1/2 final bahsi

29-yanvar, chorshanba

Gol: 0:1 — 35 Matich

“Manchester Siti”: Bravo, Uoker, Otamendi, Joau Kanselu, Rodri Ernandes, Bernardu Silva, Gyundogan, Mahrez (Silva, 68), de Bryuyne (Stounz, 90), Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 90)

“Manchester Yunayted”: De Xea, Uan-Bissaka, Shou (Mata, 79), Maguayr, Uilyams, Lingard (Pereyra, 65), Matich, Marsyal, Fred, Lindelyof, Grinvud (Jeyms, 46)

Ogohlantirishlar: Matich (51), Rodri Ernandes (57), Otamendi (87), Uan-Bissaka (90)

Chetlatish: Matich (76)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют