» » “Milan” yarim himoyachisi Suso La Liga klubiga o‘tdi

“Milan” yarim himoyachisi Suso La Liga klubiga o‘tdi


“Sevilya” klubi “Milan”dan Susoni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.

26 yoshli futbolchi 1,5 yilni endi ijara asosida Andalusiya klubi safida o‘tkazadi. “Sevilya” 2021-yil yozida Susoni to‘la sotib olish majburiyatini bo‘yniga olgan.

“Liverpul”, “Almeriya”, “Jenoa” klublarida o‘ynashga ulgurgan Suso “Sevilya”da 14-raqam ostida harakat qiladi.

Ta’kidlanishicha, agarda “Sevilya” Chempionlar Ligasiga yo‘llanmaga ega chiqsa, klub uni 2020-yil yozidayoq sotib oladi. “Milan” ushbu transferdan 25 million yevro ishlab olishi mumkin.

Suso “Milan” safida jami 153 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi, 31 ta golli uzatma berdi. 18 ta sariq va 3 ta qizil kartochka ishlab olgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют