» » Dunyo siyosatchilari Misrdagi teraktlar munosabati bilan ta’ziya izhor etdi

Dunyo siyosatchilari Misrdagi teraktlar munosabati bilan ta’ziya izhor etdi


9-aprel kuni bir necha soatlik farq bilan Misr shimolidagi cherkovlarda portlashlar sodir etildi. Shu munosabat bilan dunyo mamlakatlari siyosatchilari Misr aholisiga ta’ziya so‘zlarini izhor etdi, deb ma’lum qiladi “TASS”.

“Butun dunyo xristianlari uchun juda muqaddas bo‘lgan kunlardan birida Tanta va Aleksandriyadagi koptlar cherkovlariga hujum uyushtirildi, ko‘plab begunoh odam halok bo‘ldi va jarohat oldi”, — dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Federika Mogerini.

U Yevropa Ittifoqi halok bo‘lganlar qarindoshlari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etishi va terrorizmga qarshi kurashda Misrga yordam berishga tayyorligini qayd etdi.

Prezident Fransua Olland Fransiya Misrdagi “jirkanch teraktlar”dan qayg‘uda ekanligi va Misr hukumatining terrorizmga qarshi kurashini to‘liq quvvatlashini ma’lum qildi. Olland hujumlarda halok bo‘lganlar qarindoshlari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etdi.

Tunis Tashqi ishlar vazirligi kommyunikesida Tunis Misrdagi ikki terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi qayd etildi. Tunis halok bo‘lganlar qarindoshlari va yaqinlariga samimiy ta’ziya izhor etib, jarohat olganlarga tezroq sog‘ayib ketishlarini tiladi. Shuningdek, Tunis Misr birodarlik xalqiga fuqarolar xavfsizligini saqlash borasida amalga oshirilayotgan barcha choralarda ko‘mak berishini ta’kidladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter orqali Misrdagi teraktlarni qat’iy qoralab, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi mazkur vaziyatni kerakli tarzda hal qilishiga ishonch bildirdi.

Germaniya kansleri Angela Merkel Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiga hamdardlik bildirdi. Ta’ziya so‘zlari GFR hukumati rasmiy vakili Shteffen Zaybertning Twitter’dagi sahifasida ham e’lon qilindi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (9-04-2017, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют