» » Alisher Shodmonov: Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman

Alisher Shodmonov: Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman


O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov koronavirus sabab O‘zbekistonda xitoyliklar uchun viza cheklovi o‘rnatilishi masalasida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Mavzuga doir: Xitoy koronavirusi: Virus bo‘yicha 30-yanvar kunining eng muhim voqealari

Vazirlik tomonidan ta’kidlanishicha, yangi turdagi koronavirusning tarqalishi natijasida ko‘plab davlatlar ehtiyot chorasi sifatida Xitoy bilan chegarani yopdi. Yana qator davlatlar Xitoy fuqarolariga nisbatan viza cheklovlarini joriy etdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O‘zbekiston bunday vaziyatda qanday yo‘l tutishi bo‘yicha o‘z fikrlarini ma’lum qilgan.

Mazkur koronavirusga qarshi kurash doirasida biz nafaqat Xitoydan keluvchilar, balki barcha yo‘nalishlardan davlatimiz hududiga kirib keluvchi yo‘lovchilarni qat’iy nazoratdan o‘tkazyapmiz. Chegara punktlari teplovizorlar bilan jihozlangan, virus tashishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar jiddiy tekshiruvdan o‘tkaziladi. Aynan virus tarqalgani qayd etilgan hududlardan tashrif buyuruvchilar va kasallikning har qanday belgisi kuzatilgan fuqarolar alohida nazoratga olinadi. Yuqumli kasalliklar shifoxonalarida hududga ko‘ra alohida o‘rinlarni shay holda tayyorlab qo‘yganmiz, zarur dori-darmon zaxiralari yaratilgan.

Endi chegarani yopish masalasiga kelsak, bu chorani qo‘llash vazirligimiz vakolatida emas. Ammo bu borada o‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, ayni paytda, ya’ni 30-yanvar holatiga ko‘ra mamlakatimiz hududida bunday kasallikka chalinish holati birorta ham kuzatilmaganligiga qaramasdan ehtiyot choralarini ko‘rishimiz lozim. Shaxsan o‘zim yurtimiz fuqarolarining Xitoyga borishini cheklash bilan bir qatorda, xitoyliklar va boshqa xorijiy davlatlar fuqarolarining ushbu mamlakatdan yurtimizga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdoriman. Chunki, ushbu virusning havo-tomchi yo‘li bilan o‘tishi, odamdan odamga yuqishi, bundan tashqari, kasallik belgilarining yashirin davri 14 kun davom etishi kasallik tarqalish xavfini keskin oshiradi.

Qolaversa, hatto tibbiyoti rivojlangan AQSh, qator Yevropa davlatlari, Osiyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida ham bu kasallik kuzatilayotganligi vaziyatning naqadar jiddiyligini ko‘rsatib turibdi.

Alisher Shodmonov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri

Avvalroq O‘zbekiston Senati Xitoyning murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjudligini ma’lum qilgan edi.

28-yanvar, seshanba kuni O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazgan.

Avvalroq O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelishining oldini olish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot bergan edi.

Mavzuga doir: Tojikiston o‘z fuqarolarini Xitoydan hozircha evakuatsiya qilmaydi. Tojik talabalari Toshkent orqali qaytmoqda

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning O‘zbekistonga kirib kelgani haqidagi gap-so‘zlarni inkor etgan edi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Xitoyga xizmat, turistik va boshqa maqsadlarda tashrif buyurishdan tiyilib turishni tavsiya qilgan edi.

Epidemiya tarqalishining oldini olish uchun Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Mo‘g‘uliston va Malayziya Xitoy bilan chegarasini yopdi. Qozog‘iston va Filippin xitoyliklarga viza berishni to‘xtatdi. KXDR Xitoydan kelgan xorijliklar uchun bir oy muddatli karantin joriy etdi.

Mavzuga doir: Xitoyda koronavirusdan vafot etganlar soni 170 kishidan oshdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 22:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 42) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют