» » BMT Xavfsizlik kengashi Misrdagi cherkovlarga hujumlarni qattiq qoraladi

BMT Xavfsizlik kengashi Misrdagi cherkovlarga hujumlarni qattiq qoraladi


BMT Xavfsizlik kengashi Misrdagi cherkovlarga hujumlarni “dahshatli va pastkash” harakatlar deb aytib, barcha mamlakatlarni Misr hukumati bilan ushbu teraktga javobgarlarni oliy sud hukmiga topshirishda faol hamkorlik qilishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Xavfsizlik kengashi a’zolari 2017-yil 9-aprel kuni Verb yakshanbasida Misrning Tanta va Aleksandriya shaharlaridagi ikki cherkovda ibodatlar vaqtida sodir bo‘lgan va kamida 41 kishining o‘limiga, 100 dan ziyod fuqaro jarohatiga sabab bo‘lgan dahshatli va pastkash terrorchilik harakatlarini qat’iy qoraladi”, — deyiladi Xavfsizlik kengashining matbuot uchun tayyorlangan bayonotida.

Kengash a’zolari “ushbu nojo‘ya harakatlarning ijrochilari, tashkilotchilari va homiylarini javobgarlikka tortish” zaruriyati haqida to‘xtalib, barcha davlatlarni bu borada Misr hukumati va tegishli organlar bilan faol hamkorlik qilishga chaqirdi.

Xavfsizlik kengashi halok bo‘lganlar oilalari va Misr hukumatiga chuqur hamdardlik bildirib, jarohat olganlarga tezroq to‘liq sog‘ayib ketishlarini tiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq dunyoning qator mamlakatlari siyosatchilari mazkur fojia munosabati bilan Misr xalqiga ta’ziya izhor etib, Misr hukumatiga terrorizmga qarshi kurashda yordam berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют