» » Makkeyn: Idlibda sodir etilgan kimyoviy hujum uchun Oq uy qisman aybdor

Makkeyn: Idlibda sodir etilgan kimyoviy hujum uchun Oq uy qisman aybdor


AQSh senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Jon Makkeyn Vashington Idlibda sodir etilganini gumon qilayotgan kimyoviy hujum uchun Oq uy qisman aybdor ekanligini aytdi, deb yozadi “TASS”.

“Unga (Oq uyga) aybning bir qismini yuklash mumkin”, — deb hisoblaydi Makkeyn. Avvalroq respublikachi AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning Suriya prezidenti Bashar Asad taqdirini mamlakat xalqi hal etishi va uning hokimiyatdan chetlatilishi Vashingtonning birlamchi vazifasi emasligi haqidagi bayonotiga nisbatan norozilik bildirgan edi.

Shuningdek, senator AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya aerodromiga raketali zarba berish qarorini ma’qulladi va ushbu xatti-harakatlarni siyosatdagi burilish deb atadi. “Mening fikrimcha, prezidentning xatti-harakatlari — juda yaxshi birinchi qadam, u siyosatda so‘nggi sakkiz yildagi burilish bo‘ldi”, — deya ta’kidladi Makkeyn.

Опубликовано: admin (10-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют