» » Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi

Rossiya Xubey provinsiyasidagi o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni boshladi


Rossiya koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat sababli Xitoyning Xubey provinsiyasidan o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilish chora-tadbirlarini boshlaganini ma’lum qildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Xubey provinsiyasidan mustaqil ravishda chiqib ketishning iloji yo‘q, chunki hududda karantin joriy etilgan.

31-yanvar kuni Rossiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha dastlabki ikki holat qayd etildi. Mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikovaning ma’lum qilishicha, koronavirus sababli Rossiya—Mo‘g‘uliston chegarasini kesib o‘tish cheklangan hamda Uxan shahri va Xubey provinsiyasini tark etishni istagan rossiyaliklarni evakuatsiya qilish boshlanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uxanda 300, Xubeyda 341 nafar Rossiya fuqarosi bor.

Evakuatsiya qilingan fuqarolar Rossiyada aeroportga qo‘nishlari bilanoq qo‘shimcha epidemiologik nazoratdan o‘tkaziladi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hukumati koronavirus epidemiyasi rasman bartaraf etilmagunicha Xitoyga safarlarni va ushbu mamlakatdan O‘zbekistonga tashriflarni vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida topshiriq berdi. Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov esa Xitoy fuqarolarining O‘zbekistonga kirib kelishini vaqtinchalik cheklash tarafdori ekanini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют