» » Xorazmda yarim narxida avtomashina olib beraman deb aldab odamlardan 6 ming dollar pul olgan ayol qo‘lga tushdi

Xorazmda yarim narxida avtomashina olib beraman deb aldab odamlardan 6 ming dollar pul olgan ayol qo‘lga tushdi


2019-yilning may oyi oxirlarida 34 yoshli ayol N.D. Urganch shahar Az-Zamaxshariy ko‘chasida joylashgan “Xorazm-Avtosavdo” MChJ oldida tanishi J.M. bilan uchrashib, unga O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan avtomashinalarga chegirmalar e’lon qilinganligi va yangi avtomashinalar yarim narxda sotilayotganligini va faqatgina dekabr oyi oxirigacha yetib kelishini aytib, aldab, J.M.ning ishonchiga kirib, undan Lacetti Gentra avtomashinasi uchun 4 ming AQSh dollari (qariyb 34 million so‘m) va Damas avtomashinasi uchun 2 ming AQSh dollari (qariyb 17 million so‘m) miqdoridagi pullarini olgan. Ayol bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni ham qaytarib bermasdan, o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan, deb yozmoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Mazkur jinoyat ishi Urganch shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi firibgarlik jinoyatini sodir etgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 11:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют