» » Toshkentda firibgar 15 ta Lacetti va 1 Malibu olib beraman deb, bir ayolning 203 ming dollar pulini “uxlatib ketdi”

Toshkentda firibgar 15 ta Lacetti va 1 Malibu olib beraman deb, bir ayolning 203 ming dollar pulini “uxlatib ketdi”


Toshkent shahrida avtosalondan 16 ta avtomobil olib berishda yordam beraman deb, bir ayolni aldab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Ichki ishlar organlariga ariza bilan murojaat qilgan 37 yoshli Sevara M.ning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 35 yoshli Turdiali Yu. 2016-yildan 2018-yilning 4-iyuliga qadar avtosalondan 15 ta Lacetti va bitta Malibu olib berishni va’da qilib, ayoldan umumiy hisobda 203 ming dollar pul olgan.

“Biroq erkak bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, — deyiladi poytaxt IIBB axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют