» » Yevropada transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda amalga oshirilgan transferlar

Yevropada transfer oynasi yopildi. So‘nggi kunda amalga oshirilgan transferlar


Yevropada 31-yanvar, shanba kuni, transfer oynasi yopildi. “Daryo” so‘nggi kuni amalga oshirilgan transferlar haqida ma’lumot beradi.

Dedlayn kuni Angliya Premyer Ligasi klublari faol bo‘ldi. “Arsenal” mavsum oxirigacha “Sauthempton” himoyachisi Sedrik Soareshni ijaraga oldi.

“Sauthemton”ning yana bira himoyachisi Maya Yoshida ijara asosida “Sampdoriya”ga yo‘l oldi.

“Manchester Yunayted” “Sporting” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh bilan shartnoma imzoladi va uni tanishtirdi. Mankunianlar shuningdek, “Shanxay Shenxua” hujumchisi Odion Igaloni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

“Tottenhem” o‘z himoyachisi Denni Rouzni mavsum oxirigacha “Nyukasl”ga ijaraga berdi.

“Vest Bromvich” Polsha terma jamoasi yarim himoyachisi Kamil Grositskini “Hall Siti”dan sotib oldi.

“Lester” himoyachi Rayan Bennettni “Vulverhempton”dan ijaraga oldi.

“Barselona” “yangi Krishtianu” deya atalayotgan Fransishku Trinkauni “Braga”dan sotib oldi. 20 yoshli futbolchi yozda katalonlar safiga kelib qo‘shiladi.

“Ko‘k-anorranglilar” 7 million yevro evaziga “Palmeyras” tayanch yarim himoyachisi Mateus Fernandesni ham sotib oldi. Fernandes “Barselona” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi va 2020-yilning yozida jamoaga kelib qo‘shiladi.

“Atletiko” sobiq yarim himoyachisi Yannik-Ferreyra Karraskoni ijaraga oldi. Xitoyning “Dalyan Ifan” jamoasi futbolchisi mavsum oxirigacha madridliklar safida harakat qiladi.

“Selta” Rossiya terma jamoasi hujumchisi Fyodor Smolovni mavsum yakuniga qadar ijaraga oldi.

“Atalanta” “Nitssa” futbolchisi Adrian Tamezni sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

“Milan” 20 yoshli Aleksis Salemakersni “Anderlext”dan sotib olish huquqi bilan mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Milanliklar hujumchisi Kshishtof Pyontek 27 million yevro evaziga “Herta”ga o‘tdi. Nemis klubi transfer uchun 27 million yevro sarflagan.

“Herta” hujumchisi Devi Zelkeni “Verder”ga 18 oy muddatga ijaraga berib yubordi. Berlinliklar shuningdek, 18 million yervo evaziga “Leypsig” hujumchisi Mateus Kunyani sotib oldi.

“Leypsig”ning yana bir yarim himoyachisi Shtefan Ilzanker esa “Ayntraxt”ga yo‘l oldi. “Buqalar” esa “Manchester Siti” himoyachisi Anxelinyoni mavsum oxiriga qadar ijaraga oldi.

Dortmundning “Borussiya” klubi transfer oynasi yopilishiga sanoqli soatlar qolganida “Yuventus” yarim himoyachisi Emre Jan transferini ma’lum qildi. Nemis klubi Janni 30 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga olgan.

“Borussiya D” yarim himoyachisi Yakob Bruun Larsen esa “Hoffenhaym”ga yo‘l oldi.

“Bayer” 20 million yevro evaziga “Vitoriya Gimaraesh” markaziy himoyachisi Edmond Tapsobani sotib oldi.

“Renn” Stiven Nzonzini mavsum oxirigacha “Roma”dan ijaraga oldi.

“Lill” Nikolas Gaytan bilan shartnoma imzoladi.

“Nitssa” mavsum oxirigacha “Barselona”dan Mussa Vageni ijarga oldi. Fransiyaliklar futbolchining maoshini to‘lib beradi va klubda futbolchini 10 million yevroga sotib olish huquqi bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2020, 12:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют