» » Pentagon AQShda koronavirusga qarshi kurash jarayoniga jalb qilindi

Pentagon AQShda koronavirusga qarshi kurash jarayoniga jalb qilindi


AQSh mudofaa vazirligi koronavirus tarqalishi sharoitida Xitoydan kelganidan keyin karantinga muhtoj bo‘lgan 1000 kishiga yordam berish haqidagi sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlar so‘rovini ma’qulladi, deb yozadi “RBK”.

Xabarda aytilishicha, sog‘liqni saqlash vazirligi Pentagondan 29-fevralga qadar kamida 250 kishini alohida xonalarga joylashtirishga mo‘ljallangan bir nechta obyektni taqdim etishni so‘ragan.

Pentagon mudofaa vazirligi tomonidan faqat bino taqdim etilishi, karantin chog‘ida binoga qarash va transportirovka esa sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilishini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 30-yanvar kuni AQShda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq oltinchi holat aniqlandi. Bu virusning insondan insonga yuqishi bilan bog‘liq ilk holat hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 14:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют