» » AQShda ilk marta koronavirusning insondan insonga yuqish holati qayd etildi

AQShda ilk marta koronavirusning insondan insonga yuqish holati qayd etildi


30-yanvar kuni AQShda koronavirus bilan kasallanish bilan bog‘liq oltinchi holat aniqlandi, deb xabar berdi “Kommersant”.

Qayd etilishi, bu yangi turdagi virusning insondan insonga yuqishi bilan bog‘liq ilk holat hisoblanadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda vaziyat nazorat ostida ekanligini aytgan.

Xitoyda koronavirusdan 200 dan ortiq kishi vafot etdi, butun dunyo bo‘ylab virusni yuqtirganlar soni 9,6 mingdan oshib ketgan.

AQShdagi yangi turdagi virus bilan kasallangan oltinchi bemor murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan Uxan shahridan qaytgan 60 yoshli amerikalik ayol bo‘ldi.

Koronavirus alomatlari bemorning turmush o‘rtog‘ida ham kuzatilgan, ularning ikkalasi ham kasalxonaga yotqizilgan.

Donald Tramp AQSh Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan yangi virus epidemiyasining oldini olish yuzasidan hamkorlik qilayotganini aytgan.

“Umid qilamanki, vaziyat ayrim insonlar kutayotganidek yomon bo‘lmaydi. O‘ylashimcha, bizda hammasi nazorat ostida”, — deydi Tramp.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e’lon qildi.

Mavzuga doir: Xitoyda tarqalgan koronavirus o‘chog‘i Uxan shahrining huvillagan ko‘chalari (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют