» » Pompeo Qozog‘istonda AQSh bilan hamkorlikning ustun jihatlari haqida gapirdi

Pompeo Qozog‘istonda AQSh bilan hamkorlikning ustun jihatlari haqida gapirdi


Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish har qanday mamlakatga foyda keltiradi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonga qilgan tashrifi chog‘ida gapirdi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston savdo bo‘yicha sheriklarini erkin tanlash huquqiga ega, lekin AQSh bilan hamkorlik qilish ko‘plab ustunliklar beradi. Sababi Amerika kompaniyalari ishchi o‘rinlari yaratish, shartnomalar shaffofligi, teng majburiyatlar va ish sifatini kafolatlaydi.

“Amerika tizimi shunday ishlaydi”, — deya qo‘shimcha qilgan Pompeo.

AQSh davlat kotibi misol tariqasida Tyson Foods kompaniyasi bilan hamkorlikni alohida qayd etdi, ushbu loyihani amalga oshirish Qozog‘istonda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Bundan tashqari Chevron va ExxonMobil kabi AQShning katta kompaniyalari neft-gaz sohasiga investitsiya kiritib, sizning kelajagingiz uchun xizmat qiladi. Ular Qozog‘iston fuqarolarini ishga olib, o‘z mahsulotingizni eksport qilishingizga yordam beradi”, — degan AQSh davlat kotibi.

Avval Pompeo rasmiy tashrif bilan Minskda bo‘lgandi. Belarus poytaxtida u sanksiyalar bekor qilinishi mumkinligi haqida gapirgan, shuningdek so‘rov yuborilsa mamlakatning neft bo‘yicha ehtiyojlarini qondirishni va’da qilgandi.

Qozog‘istondagi tashrif yakunlangach, Pompeo O‘zbekistonga keladi.

Mavzuga doir: AQSh Davlat kotibi Rossiyani Suriyada sulh tuzilishiga xalaqit berishda aybladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2020, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют