» » AQShda politsiyachilar Tramp nomiga tahdidli xabar yuborgan qurollangan kishini izlamoqda

AQShda politsiyachilar Tramp nomiga tahdidli xabar yuborgan qurollangan kishini izlamoqda


Viskonsin shtatining 150 ga yaqin huquq-tartibot xizmati xodimlari o‘qotar qurollar do‘koniga o‘g‘irlikka tushgan hamda Oq uy ma’muriyati pochtasiga AQSh prezidenti Donald Tramp nomiga tahdidli ma’lumotlar jamlangan hujjat yuborgan shaxsni qidirmoqda, deb xabar qildi “TASS”.

Qidiruvdagi erkakning shaxsi bir nechta joydagi tashqi kuzatuv kameralari orqali aniqlangan. U 32 yoshli Jozef Yakubovski. “Ushbu shaxsni izlashga 150 ga yaqin mahalliy va federal darajadagi huquq-tartibot xodimlari jalb qilingan”, — deydi Rok okrug politsiyasi vakili Troy Knudson.

Ma’lumotga ko‘ra, Yakubovski katta miqdorda o‘qotar qurollar, vintovkalarni o‘g‘irlab, mashinasini yoqib yuborgan va yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.

Knudsonning aytishicha, Oq uy pochtasiga qidiruvdagi shaxsdan xabar kelgan. Yakubovski xabarda o‘zining hokimiyatdan noroziligini bildirgan.

Mahalliy FQB idorasi qidiruvdagi erkakni tutishda yordam ko‘rsatganga 10 ming dollar mukofot puli belgilanganini e’lon qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 96) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют