» » Blumberg badavlat amerikaliklardan 5 trln dollar soliq yig‘ishni taklif qildi

Blumberg badavlat amerikaliklardan 5 trln dollar soliq yig‘ishni taklif qildi


AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini Demokratlar partiyasidan ilgari surgan Nyu-York sobiq meri Maykl Blumberg saylovoldi kampaniyasi doirasida soliq islohotiga oid takliflarini e’lon qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Milliarderning fikricha, bu Amerika budjeti uchun o‘n yil davomida qo‘shimcha 5 trillion dollar olib keladi.

Taklifda boylar uchun yangi soliq joriy etish ko‘zda tutilgan. Blumberg yillik daromadi 5 million dollardan ortiq bo‘lgan milliarder va yirik kompaniyalarni qo‘shimcha 5 foizli soliqqa tortishni taklif qilmoqda. Bu esa hisob-kitoblarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlardagi 0,1 foiz soliq to‘lovchiga taalluqli xolos.

Blumbergning yana bir tashabbusi — amaldagi prezident Donald Tramp tomonidan “tengsizlikni kamaytirmasdan, balki uni mustahkamlash” taklifiga oid islohotlarni bekor qilish. Shuningdek, u kapitali kam daromadli amerikalik soliq to‘lovchilar uchun daromad solig‘ining doimiy stavkasi bilan soliq stavkasini tenglashtirishni taklif qildi.

Blumbergning rejasi “badavlad insonlar va korporatsiyalarga pul tikilishini oshirish, turli ‘tirqishlar’ni yopish, soliq to‘lashdan qochish, ko‘chmas mulk solig‘ini oshirish va investorlarning ishchilarga nisbatan soliq imtiyozlarini kamaytirishga” mo‘ljallangan.

Mavzuga doir: Maykl Blumberg saylovoldi kampaniyasida mahbuslar mehnatidan foydalanishni bekor qildi

Avvalroq Maykl Blumberg Trampni ortda qoldirish uchun saylov poygalariga milliard dollar sarflashga tayyorligini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют