» » Britaniyalik erkak T-54 tankidan 2,5 mln dollarga teng oltin yombini topib oldi

Britaniyalik erkak T-54 tankidan 2,5 mln dollarga teng oltin yombini topib oldi


Britaniyalik kolleksioner Nik Mid sobiq Ittifoqning T-54 tanki ichidan qiymati 2,5 million dollarga teng oltin yombini topib oldi. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.

55 yoshli Mid tankni eBay internet kimoshdi savdosidan 37 ming dollarga xarid qilgandi. Topilma tankning yoqilg‘i bakidan, Nik Mid va mexanik Tod Chemberlen mashinani o‘rganayotganida aniqlandi. Kolleksioner hayratga tushganidan politsiyani chaqirdi. Huquq-tartibor xodimlari oltinni tilxat qoldirgan holda musodara qildi.

Oltin qaytib kelmasa ham, ajoyib tank men bilan qoladi.

Nik Mid, tank egasi

Britaniyalik kolleksioner tomonidan sotib olingan tank Iroq harbiy kuchlariga tegishli bo‘lib, 1990–1991-yillarda Fors ko‘rfazi urushida qatnashgan. O‘shanda tank tarkibiga Buyuk Britaniya ham kirgan xalqaro koalitsiya harbiylari tomonidan qo‘lga olingan va Birlashgan Qirollikka keltirilgandi.

Nik Midning fikricha, iroqlik harbiylar oltinni Kuvaytdagi oltin saqlanadigan joydan olib, yoqilg‘i baki ichiga berkitgan.

Qayd etish joiz, sobiq Ittifoq 1959–1968-yillarda Bag‘dodga qariyb 300 ta T-54 tankini yetkazib bergan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют