» » Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi

Xitoyda koronavirusdan vafot etganlarni dafn etish taqiqlandi


Xitoyning Uxan shahrida 2020-yil 1-fevraldan boshlab koronavirusdan vafot etgan bemorlarni dafn etish va u bilan bog‘liq boshqa shu kabi marosimlarni o‘tkazish taqiqlandi, deb xabar bermoqda Global Times nashri.

Business Insider’ning yozishicha, bu haqda Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi koronavirusdan vafot etganlar soni 304 kishiga yetganini e’lon qilgan vaqtdan boshlab ma’lum qilingan. Avvalroq odamlarga virusning yanada keng tarqalishining oldini olish maqsadida tumonat odam to‘planishini cheklash va dafn marosimlarini oddiy va tez o‘tkazish tafsiya etilgan.

Yangi tartibga ko‘ra, vafot etgan bemorlar eng yaqin joylashgan krematoriyga olib borilib, yoqib yuboriladi. “Marhumni dafn etish va u bilan vidolashuv bilan bog‘liq hech qanday marosim o‘tkazilmaydi”, — deyiladi Xitoy sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi bayonotida.

Bugun 3-fevral holatiga ko‘ra, koronovirusdan vafot etganlar soni 362 kishiga yetdi, 17 ming kishi kasallandi. Butun dunyoda kasallanganlarni hisobga olganda bu ko‘rsatkich 14 562 kishini tashkil etmoqda.

Xitoy tashqarisida kasallik oqibatida vafot etishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi: Filippinda Uxandan kelgan erkak 1-fevral kuni hayotdan ko‘z yumgan. Ma’lumot uchun, shu vaqtga qadar koronavirus bilan kasallanish holatlari Xitoydan tashqari AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, BAA va Rossiyada qayd etildi.

Mamlakatning koronavirus o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasi bilan chegaradosh Xunan provinsiyasida parranda grippi tarqaldi: parranda grippi Shaoyan shahrining Shuansin tumanida joylashgan fermada qayd etilgan. Fermada jami 7 850 ta tovuq bo‘lgan, ulardan 4500 tasi grippga chalinib, nobud bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют