» » JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari: Koronavirus immuniteti past bemorlarda og‘ir kechadi

JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari: Koronavirus immuniteti past bemorlarda og‘ir kechadi


Sog‘liqni saqlash vazirligida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda koronavirus infeksiyasining mamlakatga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish borasida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deb xabar berdi vazirlik jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Unda ishtirok etgan JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni aholi sog‘lig‘ini saqlash sohasidagi xalqaro darajadagi favqulodda vaziyat deb e’lon qilinganini, ammo bu jiddiy xavotirga tushish yoki bo‘lmasa, butun dunyoni ushbu xastalik qamrab oldi, degani emasligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

“Ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirusdan kasallangan odamlarning 80 foizida xastalik yengil o‘tadi, qolgan 20 foizida og‘ir kechishi mumkin. O‘lim holati yuz berishi ehtimoli bo‘lgan 2-3 foizi esa ikkilamchi og‘ir, surunkali kasalliklarga chalingan, immun tizimi pasayib ketgan bemorlarga to‘g‘ri kelmoqda. Ushbu kasallikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar uchta yo‘nalishda olib borilishi maqsadga muvofiq. Birinchi o‘rinda kasallik manbaini jilovlash, ikkinchisi, yuqishning oldini olish, uchinchisi esa yuqtirib olish ehtimoli bo‘lgan aholini himoya qilishdir. Bu borada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarni e’tirof etgan holda to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz”, — deydi Liann Kuppens.

Videoselektorda ta’kidlanganidek, koronavirusni aniqlashda asosiy e’tibor tana haroratining ko‘tarilishiga qaratilsa-da, uning yashirin davri mavjud. Bu paytda kasallik belgilari to‘liq namoyon bo‘lib ulgurmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda vaziyatni nazorat qilish, xorijdan kelgan fuqarolarni tekshirish va kuzatuvga olish borasida barcha tayyorgarlik choralari ko‘rilgan.

“Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi orasida turli vahimali, xususan, Jizzax, Buxoro va Andijon viloyatlarida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Bunday holatda odamlar sohadan uzoq bo‘lgan shaxslar tomonidan tarqatilayotgan asoslanmagan ma’lumotlarga emas, balki mutaxassislar xolis fikri va xulosalariga e’tibor qaratishlari kerak.

Eng muhimi, ayni kunga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar qayd etilmadi. Respublikada ushbu kasallikka tashxis qo‘yish imkoniyati mavjud, shuningdek, davolay oladigan malakali mutaxassislar ham yetarli”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 18:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют