» » O‘zbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi

O‘zbekiston bezgakdan holi davlat sifatida tan olindi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Lian Kuppens Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonovga JSSTning bezgak kasalligini eliminatsiya qilgan davlat maqomini tasdiqlovchi sertifikatni taqdim etdi. Bu haqda “Daryo”ga Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida Lian Kuppens O‘zbekiston so‘nggi yillarda hududni  bezgakdan holi qilish borasida katta qadam tashlaganini qayd etib, buni ulkan va tarixiy yutuq sifatida e’tirof etgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti  2017-yilda O‘zbekistonda  qizamiq va qizilcha kasalligi  eliminatsiya qilinganini xalqaro miqyosda e’tirof etgan bo‘lsa, endilikda esa yurtimizni bezgakning mahalliy qayd etilishidan holi hudud sifatida tan oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют