» » O‘zbekiston bezgak ustidan to‘liq g‘alaba haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ma’lum qildi

O‘zbekiston bezgak ustidan to‘liq g‘alaba haqida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga ma’lum qildi


O‘zbekistonda bezgak (malyariya) kasalligi to‘liq bartaraf qilingan, respublika ushbu yutuq tasdig‘ini qo‘lga kiritish uchun rasman Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga murojaat qildi, deb yozadi “Nuz.uz”.

BMT axborot xizmati jahonda bezgakka qarshi kurash qanday natijalar bergani haqida ma’lumot taqdim etdi. Ta’kidlanishicha, bezgak bilan kasallanish va uning oqibatidagi o‘limlar soni rejalashtirilganidan ko‘ra sekinroq pasaymoqda. JSST 2020-yilgacha bezgakka chalinish ko‘rsatkichini 40 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda, ammo joriy vaziyatda bu amalga osha olmasligi prognoz qilinmoqda.

2017-yil ma’lumotlariga ko‘ra, barcha bezgak holatlarining 70 foizi 10 ta Afrika mamlakati va Hindistonga to‘g‘ri kelgan. Biroq Hindiston kasallanish 25 foizga kamayganini ma’lum qildi.

Efiopiya va Pokistonda kasallikka qarshi kurash bo‘yicha muvaffaqiyat qayd etildi, Paragvay esa bu yil Amerika mintaqasining so‘nggi 45 yil ichidagi bezgakdan xoli bo‘lgan mamlakati deb tan olindi. JSSTning bezgak ustidan g‘alaba bo‘yicha tasdig‘ini O‘zbekiston bilan bir qatorda, Jazoir va Argentina ham kutmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-11-2018, 09:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют