» » Ikki oy deganda safga qaytgan Usmon Dembele “Barselona” mashg‘ulotida yana jarohat oldi

Ikki oy deganda safga qaytgan Usmon Dembele “Barselona” mashg‘ulotida yana jarohat oldi


“Barselona” hujumkor yarim himoyachisi Usmon Dembele jamoasining 3-fevral tongidagi mashg‘ulotlarini erta yakunladi.

As nashrining xabar qilishicha, Dembele “Barselona” mashg‘ulotlari paytida sonida og‘riq sezgan va mashg‘ulotni erta tark etgan. Usmon tiklanish jarayonining hal qiluvchi bosqichida edi.

“Barselona” matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Dembele mushaklaridagi charchoq tufayli og‘riq his qilgan va futbolchi tiklanish jarayonida davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi 27-noyabr kuni Chempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasida “Borussiya D”ga qarshi kechgan o‘yinda son mushaklaridan jarohat olgandi.

Joriy mavsum fransiyalik futbolchi La Ligada beshta o‘yin o‘tkazib, bitta golga muallif bo‘ldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют