» » Usmon Dembele jiddiy jazolanishi mumkin

Usmon Dembele jiddiy jazolanishi mumkin


“Barselona” vingeri Usmon Dembele klub tomonidan jarimaga tortilishi mumkin, deya xabar qilmoqda “Sport.es”.

Dembele La Liga 1-turi doirasida “Atletik”ka qarshi kechgan o‘yindan so‘ng tibbiy ko‘rikdan o‘tishni istamagan. Keyingi kuni esa futbolchi jarohat olgani ma’lum bo‘lgan.

Agar Usmon jarohatni atayin yashirgani ma’lum bo‘lsa, bu La Liga va Ispaniya futbolchilar assotsiatsiyasi qoidalarining qo‘pol ravishda buzilganini anglatadi. Buning uchun Dembele bir oy muddatga chetlatilishi mumkin.

Shu bilan bir qatorda, fransiyalik futbolchi La Liga jazosidan qutulib qolsa ham, “Barselona” uni jarimaga tortishi aniq bo‘lib turibdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-08-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют