» » Turkiya Idlib viloyatida 4 nafar askari o‘ldirilgani uchun Suriya armiyasidan o‘ch olinishini va’da qildi

Turkiya Idlib viloyatida 4 nafar askari o‘ldirilgani uchun Suriya armiyasidan o‘ch olinishini va’da qildi


Turkiya Idlib viloyatida 4 nafar askari o‘ldirilgani uchun Suriya armiyasidan o‘ch oladi. Bu haqda mamlakat prezidentining vakili Ibrohim Qalin Twitter’dagi sahifasida ma’lum qilgan.

Turk marralarining o‘qqa tutilishi oqibatida kamida 4 nafar askar halok bo‘lgan, yana 9 nafari yaralangan. Turkiya mudofaa vazirligi buni Serakib aholi punkti yaqinida Suriya armiyasi amalga oshirgan deb hisoblamoqda.

Bunga javoban turk harbiylari qarshi o‘t ochgani va dushman marralarini yo‘q qilgani aytilmoqda.

Ibrohim Qalin qurbonlarning oilasiga hamdardlik bildirgan va hodisa aybdorlari jazodan qochib qutulmasligiga ishontirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 00:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют