» » Xitoydan 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib keldi

Xitoydan 2-fevral kuni 157 nafar o‘zbekistonlik talaba qaytib keldi


Joriy yilning 2-fevral kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga xorijiy davlatlardan 31 ta samolyot qabul qilingan, 4472 nafar fuqaro sanitariya-karantin punktlarida termometriyadan o‘tkazilgan. Shulardan 10 nafari Xitoy fuqarosi, 157 nafari Xitoyda o‘qiydigan o‘zbekistonlik talabalarni tashkil qilgan. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish shtabi ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ markaziy sanitariya-epidemiologiya xizmatiga qarashli oltita sanitariya-karantin punktidan 2-fevral kuni jami 676 nafar fuqaro o‘tgan, shulardan 34 nafarini xorij fuqarosi tashkil etgan. Tana harorati ko‘tarilgan bemorlar aniqlanmagan.

Davlat chegara kesishish punktlaridagi sanitariya-karantin punktlari orqali 1816 ta avtotransport vositasi, 33129 nafar fuqaro o‘tkazilgan, shulardan 15510 nafari chet el fuqarosi hisoblanadi. Mazkur punktlarda ham tana harorati ko‘tarilgan fuqarolar aniqlanmagan.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan koronavirus infeksiyasini O‘zbekiston Respublikasiga chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Agentlikning mutaxassislari tomonidan koronavirus infeksiyasiga gumon qilinganda epidemiologik surishtiruv o‘tkazish, xabar berish, dezinfeksiya tadbirlarini olib borish qo‘llanmalari tayyorlandi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining mutaxassislari ishtirokida Toshkent xalqaro aeroporti samolyot ekipajlari, bort kuzatuvchilari o‘rtasida koronavirus infeksiyasini profilaktikasi bo‘yicha qaytadan o‘quv-amaliy seminari o‘tkazildi.

2020-yil 2-fevral kuniga qadar agentlik qoshida tashkil etilgan shtab ishonch telefoni orqali 1559 ga yaqin fuqarodan kelib tushgan savollarga javob berilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan Ichki ishlar vazirligi o‘rtasida Xitoydan kirib kelgan fuqarolar to‘g‘risida kundalik axborot almashinuvi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu fuqarolar to‘g‘risidagi ro‘yxat asosida har bir sog‘liqni saqlash boshqarmalari va birlamchi tibbiy bo‘g‘inlar orqali xonadonma-xonadon yurib, Xitoydan kelgan fuqarolar 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Xitoyda koronavirus infeksiyasi bo‘yicha kuzatilayotgan murakkab epidemik vaziyat, bu kasallikni respublika hududiga kirib kelishi va tarqalib ketishining oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi agentligi tomonidan nazoratga olingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda koronavirus tarqalgani haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini, bugungi kunga qadar O‘zbekiston fuqarolari orasida infeksiya qayd etilmaganini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiyada 3 nafar o‘zbekistonlikning koronavirus gumoni bilan kasalxonaga joylashtirilganini tasdiqladi.

Tashqi ishlar vazirligi Xitoydagi o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish uchun Pekindan Toshkentga charter reyslar 4 va 5-fevral kunlari Pekin aeroportning 2-terminalidan amalga oshirilishini ma’lum qilib, O‘zbekiston fuqarolaridan 3-fevral, dushanba kuni, Pekin shahridaga elchixonaga kelishlarini so‘ragan. Uzbekistan Airways kompaniyasi O‘zbekiston Prezidentining buyrug‘iga binoan, tashkil etilgan hukumat komissiyasining qaroriga asosan, joriy yilning 4—5-fevral kunlari Xitoydagi O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish uchun uchta charter reysini amalga oshirilishini tasdiqlagan. Sanitar-epidemiologik osoyishtalik agentligi Xitoydan kelgan O‘zbekiston fuqarolari 14 kun muddatga tibbiy nazoratga olinganini xabar qilgan.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi aviaqatnovlar bekor qilingani sababli Pekin aeroportida qolib ketgan 3 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilib, talabalar bilan aloqa o‘rnatib, muammoni hal qilish bo‘yicha diplomatlar tegishli choralarni ko‘rayotganini e’lon qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют