» » Pokiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi

Pokiston Xitoy bilan aviaqatnovlarni qayta yo‘lga qo‘ydi


Pokiston hukumati koronavirus sabab Xitoy bilan aviaqatnovlar to‘xtatilganidan uch kun o‘tib, 3-fevraldan qayta parvozlar yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Biz Xitoy bilan aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yamiz”, — deydi aviatsiya vaziri o‘rinbosari Abdulsattor Xoxar.

Parvozlar 31-yanvar kuni, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi turdagi koronavirusni xalqaro ahamiyatga ega favqulodda holat deb topganidan so‘ng to‘xtatilgandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistondagi maktablarda bolalarga koronavirus to‘g‘risida diktant yozdirilayotganiga izoh berildi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda koronavirusdan 361 kishi vafot etdi. Bu 2000-yillar boshidagi pnevmoniya qurbonlari sonidan ham ko‘proq. Hozirga qadar 480 ga yaqin kishi sog‘aygani aytilmoqda. Boshqa mamlakatlarda koronavirusni yuqtirganlar soni 150 kishidan ortiqni tashkil qilmoqda.

Olimlarga ko‘ra, 2020-yilning 25-yanvar holatida koronavirusni yuqtirgan bemorlar soni 75 815 nafarni tashkil etgan. Bu esa rasmiy ravishda e’lon qilingan raqamlardan o‘n baravar ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют