» » Putin virusga qarshi preparatlar va niqoblar narxini oshirgan dorixonalardan litsenziyasini olib qo‘yishni taklif qildi

Putin virusga qarshi preparatlar va niqoblar narxini oshirgan dorixonalardan litsenziyasini olib qo‘yishni taklif qildi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin virusga qarshi preparatlar va niqoblar narxini oshirgan dorixonalardan litsenziyasini olib qo‘yishni taklif qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

“Faoliyat yuritish uchun litsenziyasini olib qo‘yish kerak ularni, tamom-vassalom. Bu vaziyatdan foyda ko‘rishni istab qolishibdi. Har biri bo‘yicha qaror qabul qilish kerak. Kelgusi safar bunday holat takrorlanmasligi uchun”, — degan Putin Rossiya hukumati a’zolari bilan uchrashuv chog‘ida.

Putinga ayrim dorixona tarmoqlaridagi narx oshishi muammolari haqida koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab rahbari, Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, ba’zi dorixonalarda niqob va preparatlar narx-navosi 100 baravar ko‘tarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 06:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют