» » O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi

O‘zbekistonda aholining mobil aloqa bilan qamrovi 96 foizga yetdi


2019-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi maskanlarini mobil aloqa bilan qamrovi darajasi 96 foizga va mobil internet tarmog‘iga keng polosali ulanish qamrovi darajasi 70 foizga yetkazildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.

Mamlakatda internet xizmatidan foydalanuvchilar soni 22 milliondan ortdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 19 millionni tashkil etadi.

Mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida 2 017 ta mobil aloqa baza stansiyasi o‘rnatilib, ularning umumiy soni 26 mingtadan ortdi.

2020-yilda respublika bo‘yicha 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurish va 2 200 ta mobil aloqa baza stansiyalarini o‘rnatish belgilab olindi.

Shuningdek, 2019-yilda “Optik tolali aloqa liniyalarini qurish” loyihasi doirasida respublika bo‘yicha 10,0 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurilib, umumiy uzunligi 36,6 ming kilometrga yetkazildi.

Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 1 200 Gbit/sekundni tashkil etib, kommutatsiya markazi orqali 750 Gbit/ssekund tezlikda Internet tarmog‘iga chiqish imkoniyati yaratildi va tarmoqning yuklanish darajasi 76,6 foizni tashkil etdi.

Respublika bo‘yicha 237 ta obyektda magistral telekommunikatsiya tarmoqlari kengaytirilib, telekommunikatsiya uskunalari modernizatsiya qilinib, magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 200 Gbit/sekundga, tumanlararo darajada esa 40 Gbit/sekundga yetkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 09:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют