» » O‘zbekistonda 2020-yilda barcha maktab optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlanadi

O‘zbekistonda 2020-yilda barcha maktab optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlanadi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21-noyabr, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputat Rasul Kusherbayev umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlash holatiga to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda “Daryo”ga Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Deputat 2020-yilga mo‘ljallangan Davlat budjetida O‘zbekistondagi umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini optik tolali internet aloqa vositalari bilan to‘liq ta’minlash masalasini aks ettirish taklifi bilan chiqqan. “Bu, o‘z navbatida, joylardagi infratuzilmaning rivojlanishiga, aholining axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonlik darajasining oshishiga xizmat qiladi”, — degan Rasul Kusherbayev.

“‘O‘zbektelekom’ aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 3 yillik chora-tadbirlari rejasini ishlab chiqqanmiz. Unda mamlakatimizda 10 mingta ta’lim muassasasini bosqichma-bosqich internet aloqa vositalari bilan ta’minlash masalasi o‘z aksini topgan. Xususan, 2019-yilda 4 152 ta, 2020-yilda 4 367 ta, 2021-yilda 1 600 ta ta’lim muassasasini to‘liq optik tolali aloqa liniyalari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Bu masala bo‘yicha mablag‘dan muammo yo‘q, — deb aytgan Xalq ta’lim vazirligi mas’ul xodimi Temur Komilov.

Qayd etilishicha, mazkur masala majlisda atroflicha muhokama qilinib, 2020-yil mamlakatdagi barcha maktablar optik tolali internet aloqa vositalari bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-11-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют