» » Qozog‘istonda 2020-yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi

Qozog‘istonda 2020-yilgacha 1300 ga yaqin qishloq 20 Mb/s tezlikdagi internet bilan qamrab olinadi


Qozog‘istonda 2020-yilgacha aholi soni 250 kishidan ortiq 1291 posyolka tezligi sekundiga 20 megabaytgacha bo‘lgan internetga ega bo‘ladi. Bu haqda Digital.report xabar bermoqda. 

Qishloqlarda keng polosali internetni joriy etish uchun tegishli infrastruktura bilan ta’minlangan aholi punktlaridan optik tolali kabel tortib kelinadi. Ularning umumiy uzunligi 28,5 ming kilometrni tashkil etadi.

Aloqa Fiber to the building texnologiyasi bo‘yicha tashkil etiladi, ya’ni har bir binoga yetkaziladi.

Mamlakat axborot va kommunikatsiyalar vazirligiga ko‘ra, rejalashtirilayotgan loyiha qishloq aholi punktlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlashning birinchi bosqichi bo‘lib, 2020—2025-yillarga mo‘ljallangan ikkinchi bosqichda qolgan 4 ming qishloq qamrab olinadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (2-03-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют